12:21 / 24.04.2015
11 931

Samsung’ning Galaxy S6 Edge smartfoni rasmiy savdolari O‘zbekistonda aprel oxirida boshlanadi

Samsung’ning Galaxy S6 Edge smartfoni rasmiy savdolari O‘zbekistonda aprel oxirida boshlanadi

Samsung’ning Galaxy S6 Edge smartfoni O‘zbekistonga rasman etkazib beriladi. Yangi qurilmaning rasmiy savdolari aprel oyi oxirida boshlanadi. Bu haqda Mobinfo.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Hozircha Toshkentning eng yirik mobil texnika bozorlarida Samsung Galaxy S6 Edge tasviri tushirilgan reklama posterlari joylashtirib chiqilmoqda, biroq qurilmaning rasmiy narxi ma’lum qilinganicha yo‘q.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonda Samsung Galaxy S6 smartfoni 29 martdan beri sotilmoqda. Dastlab uni 3,2 million so‘mdan taklif qilishdi, so‘ng bir haftada uning narxi 600 ming so‘mga arzonlashdi. Hozirgi vaqtda qurilma 2,7 million so‘mdan sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung’ning Galaxy S6 Edge smartfoni rasmiy savdolari O‘zbekistonda aprel oxirida boshlanadi