
Singapur milliy universiteti olimlari antiqa ishlanmani taqdim qildilar. Ular internet orqali limonadning ta’mi va rangini uzatishga imkon beruvchi antiqa usulni yaratishdi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Olimlar o‘z ishlanmalarida bo‘yoqlar va kislota datchiklaridan foydalanishgan. Ular suv, elektrod va yorug‘lik diodlari bilan jihozlangan qurilmaga zarur ma’lumotni uzata olishgan. Elektrod va suv limonadning nordon ta’mini, yorug‘lik diodlari esa rangini hosil qilgan.
"Klonlashtirilgan" limonadni tatib ko‘rganlar u etarlicha nordon emasligini, biroq haqiqiy limonad ta’miga ancha yaqin bo‘lganini qayd qilishgan. Olimlar kelajakda limonad hidini uzatishga imkon beruvchi usulni yaratishmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar