Rogbid GeoX2: 90 dollarlik hamyonbop va chidamli aqlli soat taqdim etildi

Rogbid kompaniyasi faol dam olish va sport ixlosmandlari uchun moʻljallangan yangi GeoX2 aqlli soatini namoyish etdi. Qurilmaning asosiy ustunligi uning mustahkamligi va funksionalligiga qaramay, narxi bor-yoʻgʻi 90 dollarni tashkil etishidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Soat zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan korpusga ega boʻlib, AQSH harbiy standarti MIL-STD-810H talablariga toʻliq javob beradi. Shuningdek, 5ATM suv oʻtkazmaslik himoyasi tufayli undan suzish vaqtida ham bemalol foydalanish mumkin. Qurilma 1000 nit yorqinlikka ega 1,43 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan va u Gorilla Glass 3 oynasi bilan himoyalangan.
GeoX2 modeli 6 ta sunʼiy yoʻldosh tizimini qoʻllab-quvvatlovchi integratsiyalashgan navigatsiya va oflayn xaritalar bilan taʼminlangan. Qoʻshimcha qulayliklar sifatida altimetr, barometr, kompas va chiroq oʻrnatilgan. Soat 100 dan ortiq sport rejimlarini, jumladan, fridayvingni ham qoʻllab-quvvatlaydi.
Salomatlik koʻrsatkichlarini kuzatish borasida soat puls, qondagi kislorod miqdori (SpO2), uyqu sifati va stress darajasini oʻlchay oladi. 500 mAch sigʻimli akkumulyator oddiy rejimda 15 kungacha, GPS yoqilgan holatda esa 21 soatgacha avtonom ishlashni taʼminlaydi. Smartfon bilan aloqa Bluetooth 5.3 interfeysi orqali amalga oshiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!