Samsung va Kairos Power Google uchun atom reaktori qurishadi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Samsung C&T, Kairos Power uchun 50 megavattli namoyish reaktorini qurishda yordam berish uchun tanlandi.
- Ushbu hamkorlik doirasida Samsung C&T Kairos Powerga 100 million dollargacha kapital va muhandislik xizmatlarini taqdim etadi.
- Kairos Power 2035-yilga borib taxminan yarim gigavatt elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir bo'lgan kichik atom reaktori tarmoqlarini qurishni rejalashtirmoqda.
Sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi va maʼlumotlar markazlari uchun elektr energiyasiga boʻlgan talabning keskin oshishi energetika va texnologiya bozorida yangi hamkorliklarni yuzaga keltirmoqda. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yadroviy texnologiyalar boʻyicha startap sanalgan Kairos Power kompaniyasi Google korporatsiyasi uchun moʻljallangan 50 megavattli namoyish reaktorini qurishda yordam berish uchun Samsung C&T muhandislik firmasini tanladi. Ushbu hamkorlik energetika sohasida yirik qadam sifatida baholanmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, Samsung C&T Kairos Power kompaniyasiga kapital kiritish va bepul muhandislik xizmatlarini koʻrsatishni oʻz zimmasiga oladi. Kairos Power vakillarining maʼlum qilishicha, ushbu paketning umumiy qiymqi 100 million dollargacha baholanmoqda. Shundan 70 million dollari toʻgʻridan-toʻgʻri kapital investitsiyani tashkil etadi. Samsung C&T dunyo boʻylab oʻndan ortiq yadro reaktorlarini qurishda qatnashgan ulkan tajribaga ega.
Google va atom energiyasi
Google korporatsiyasi 2024-yilning kuzida Kairos Power bilan yirik shartnoma imzolagan edi. Unga koʻra, startap 2035-yilga borib taxminan yarim gigavatt elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir boʻlgan kichik atom reaktori tarmoqlarini qurishi kerak. Hozirgi vaqtda Kairos Power Tennessi shtatining Ouk-Rij shahrida ikkita reaktor qurilishini olib bormoqda.Birinchi obyekt — Hermes 1 deb nomlangan kam quvvatli namoyish reaktori boʻlib, u kompaniyaga tijorat dizaynini takomillashtirishga yordam beradi. Ikkinchi obyekt — Hermes 2 esa Kairos kompaniyasining ilk tijorat miqyosidagi reaktori hisoblanadi. Aynan Hermes reaktorlari ishlab chiqaradigan quvvat Google bilan tuzilgan shartnomaning dastlabki 50 megavattini qoplaydi. 2024-yil noyabr oyida AQSh Yadroviy tartibga solish komissiyasi ushbu reaktorlarni qurish uchun rasman ruxsat bergan edi.
Texnologik xususiyatlar va xavfsizlik
Hermes 2 reaktori ftorli tuz bilan sovutiladigan yuqori haroratli qurilma boʻladi. Bunday dizayn yillar davomida muhokama qilingan boʻlsa-da, hali biror marta tijorat miqyosida qurilmagan. Ftorli tuzlarning qaynash nuqtasi yuqori boʻlib, bu bosim darajasini past saqlashga yordam beradi va qismlar ishdan chiqqan taqdirda ham yuqori bosimli portlash xavfini kamaytiradi.Shuningdek, startap TRISO deb nomlangan nisbatan yangi yadro yonilgʻi turidan foydalanmoqda. Unda uranning mitti donachalari keramika va uglerod qatlamlari bilan oʻralgan boʻlib, sharlar koʻrinishida yuklanadi. Ushbu tizim yadroviy erish xavfining oldini olishga moʻljallangan. Kompaniya oʻzining birinchi elektr stansiyasini ishga tushirish uchun taxminan besh yil vaqtga ega.






























Izohlar 0
…