date

Neuralink falaj bo'lgan bemorga robotni fikr kuchi bilan boshqarishni o'rgatdi

Neuralink falaj bo'lgan bemorga robotni fikr kuchi bilan boshqarishni o'rgatdi

Ilon Maskka tegishli "Neuralink" kompaniyasi o'z ishlanmalarining eng yorqin namoyishlaridan birini taqdim etdi. Unda falajlangan bemorlar robotlashtirilgan qo'llarni faqat fikr kuchi yordamida boshqarishi mumkinligi ko'rsatildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

"Neuralink" texnologiyasi asosida miyadagi neyron signallarini o'qiydigan va ularni tashqi qurilmalar uchun buyruqlarga aylantiradigan implantatsiya qilinadigan chip yotadi. Foydalanuvchi harakat haqida o'ylashining o'zi kifoya, tizim esa ovoz, imo-ishora yoki kontrollerlarsiz harakatni bir zumda bajaradi.

Ushbu namoyish kompaniya uchun muhim bosqich bo'ldi. Avvalroq ushbu texnologiya istiqbolli konsepsiya sifatida qaralgan bo'lsa, endi "Neuralink" real natijalarni ko'rsatmoqda.

Bu kabi interfeyslar og'ir jarohat olgan insonlarga harakatlanish qobiliyatini qaytarish vaqtini yaqinlashtiradi.

"Neuralink" — 2016-yilda Ilon Mask tomonidan asos solingan Amerika neyrotexnologiya kompaniyasi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi inson miyasi va elektron qurilmalar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatuvchi neyrokompyuter interfeyslarini yaratishdir.

Dastlab chiplar kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarish imkonini bergan edi. Bunday qurilmaga ega insonlar kursorlarni siljitishi, videoo'yinlar o'ynashi va xabarlar yozishi mumkin.

Shuningdek, ko'zi ojizlarga ko'rish qobiliyatini qaytarishga mo'ljallangan "Neuralink Blindsight" chipi ham ishlab chiqilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Neuralink falaj bo'lgan bemorga robotni fikr kuchi bilan boshqarishni o'rgatdi