date

Rossiyada VPN cheklovlari dasturchilar ishiga toʻsqinlik qilmoqda

Rossiyada VPN cheklovlari dasturchilar ishiga toʻsqinlik qilmoqda

Rossiyada VPN-trafikning cheklanishi ochiq kodli dasturiy taʼminot va xalqaro platformalar bilan ishlovchi IT-kompaniyalar uchun jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqara boshladi. Soha vakillarining soʻzlariga koʻra, muammolar nafaqat alohida servislarga, balki butun ishlab chiqish infratuzilmasiga daxldor boʻlmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozirda dasturchilar kundalik faoliyatida foydalanadigan kod repozitoriylari, ochiq kutubxonalar, bulutli muhitlar va versiyalarni boshqarish tizimlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Cheklovlar tufayli ulanishning uzilishi, maʼlumot yuklash tezligining pasayishi hamda kodni sinxronizatsiya qilishda xatoliklar koʻpaygan.

Natijada, ilgari bir necha daqiqada avtomatik tarzda bajarilgan jarayonlar endilikda soatlab vaqt talab qilmoqda va mutaxassislarning qoʻlda aralashuviga ehtiyoj tugʻdirmoqda. Ayniqsa, mahsulotlari 50–90 foizgacha open source yechimlariga asoslangan kompaniyalar bu vaziyatdan koʻproq zarar koʻrmoqda.

Ekspertlar axborot xavfsizligi borasidagi xatarlardan ham ogohlantirmoqda. Koʻplab tashkilotlarda VPN nafaqat tashqi servislarga kirish, balki xodimlarning korporativ infratuzilmaga xavfsiz ulanishi uchun ham qoʻllaniladi. Bunday kanallardagi nosozliklar masofaviy ish tartibini murakkablashtirib, IT-xizmatlariga tushadigan yuklamani oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyada VPN cheklovlari dasturchilar ishiga toʻsqinlik qilmoqda