date

YouTube Rossiyada VPN orqali koʻrilayotgan videolarga cheklov qoʻymoqda

YouTube Rossiyada VPN orqali koʻrilayotgan videolarga cheklov qoʻymoqda

YouTube platformasi Rossiyadagi VPN xizmatlaridan foydalanayotgan foydalanuvchilar uchun ayrim videolarni koʻrishni cheklashni boshladi. Baʻzi holatlarda yangi nashrlar boʻlimida videolar koʻrinmayapti yoki ekranda YouTube eng mos kontentni taklif qilishi uchun VPN yoki proksini oʻchirish soʻralgan ogohlantirish paydo boʻlmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Soha ekspertlarining soʻzlariga koʻra, ushbu cheklovlar birinchi navbatda mintaqaviy huquqlarga bogʻlangan kontentlarga, xususan, sport translyatsiyalari va telepremyeralarga taalluqlidir. Bunga Formula-1 poygalari, Olimpiada oʻyinlari va litsenziya nazorati qatʻiy boʻlgan boshqa eksklyuziv tadbirlar misol boʻla oladi.

Mutaxassislar YouTube bu orqali global blokirovka emas, balki hududiy mualliflik huquqlariga rioya etilishini kuchaytirayotganini taʻkidlamoqda. Tizim foydalanuvchining IP-manzili, akkaunt roʻyxatdan oʻtgan mamlakat, toʻlov maʻlumotlari va VPN belgilarini tahlil qilishi mumkin.

Shu bilan birga, Rossiyaning VK Video xizmati sekin internet sharoitida ishlash samaradorligini oshirganini maʻlum qildi. Kompaniya maʻlumotlariga koʻra, videolarning yuklanish tezligi 60 foizga oshgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » YouTube Rossiyada VPN orqali koʻrilayotgan videolarga cheklov qoʻymoqda