AQSh 2026-yildan boshlab kosmik parvozlar uchun maxsus haq undirishni boshlaydi

1 daqiqa o'qish173
AQSh 2026-yildan boshlab kosmik parvozlar uchun maxsus haq undirishni boshlaydi

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) tijoriy kosmik parvozlar va apparatlarni yerga qaytarish uchun maxsus yig'imlar tizimini joriy etishini e'lon qildi. Yangi qoidalar 2026-yildan kuchga kiradi va barcha litsenziyalangan operatsiyalarga tatbiq etiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Belgilangan tartibga ko'ra, 2026-yilda bazaviy stavka har 0,45 kg foydali yuk uchun 0,25 dollarni tashkil etadi. Bunda bitta parvoz yoki qaytish uchun maksimal to'lov miqdori 30 000 dollar etib belgilandi.

To'plangan mablag'lar kosmik parvozlarni milliy havo harakati tizimiga integratsiya qilishni moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

Operatorlar missiyadan kamida 60 kun oldin yuk vazni haqida ma'lumot berishi shart. FAA ushbu ma'lumotlar asosida hisob-faktura taqdim etadi va u 30 kun ichida to'lanishi lozim.

Yangi tizim joriy yildan boshlangan parvozlarga ham tegishli bo'ladi.

Hozirgi parvozlar hajmi hisobga olinsa, yillik daromad millionlab dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Masalan, 25-29 ta sun'iy yo'ldosh olib chiquvchi SpaceX kompaniyasining bitta Starlink missiyasi uchun yig'im taxminan 8-9 ming dollarga tushadi.

Yig'im stavkalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. 2033-yilga kelib har 0,45 kg yuk uchun to'lov 1,50 dollarga, bitta missiya uchun maksimal chegara esa 200 000 dollarga yetishi rejalashtirilgan.

Bu chora tijoriy parvozlar soni 2023-yildan buyon 50 foizdan ko'proq oshgani sababli ko'rilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?