Bryusselda ijaraga beriladigan elektrosamokatlar butunlay taqiqlanadi

Bryusselda ijaraga beriladigan elektrosamokatlar butunlay taqiqlanadi

2027-yildan boshlab Belgiya poytaxti elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatlaridan butunlay voz kechadi. VRT teleradiokompaniyasi xabariga koʻra, shahar maʼmuriyati kikshering operatorlarining litsenziyalarini uzaytirmaslikka qaror qilgan. Taqiqqa yoʻl-transport hodisalarining koʻpayishi, jamoat joylarining tartibsiz toʻlib ketishi va samokatlardan jinoiy maqsadlarda foydalanilayotgani sabab qilib koʻrsatilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, birgina 2025-yilning oʻzida ushbu transport ishtirokidagi avariyalarda 666 kishi jarohat olgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 25 foizga koʻpdir. Prokuratura statistikasi esa yanada xavotirli: oʻtgan yili ijara samokatlari qurolli hujumlar va otishmalar sodir etilgan 25 ta holatda harakatlanish vositasi sifatida qayd etilgan.

Taʼkidlash joizki, cheklovlar faqat ijaraga olinadigan qurilmalarga tegishli boʻladi. Shaxsiy elektrosamokatlar taqiqlanmaydi, velosipedlar uchun esa, aksincha, 2028-yildan keyin infratuzilmani yanada rivojlantirish rejalashtirilgan. Bryussel bu borada kashfiyotchi emas — avvalroq Parij, Madrid va Praga shaharlarida ham shunday choralar koʻrilgan edi.

Chexiya poytaxtida ham, Belgiyadagidek, piyodalar zonalarida nazoratsiz harakatlanish va turistlarning samokatga transport emas, balki koʻngilochar vosita sifatida qarashidan shikoyat qilingan. Barselona hukumati toʻxtash joylari boʻyicha qatʼiy qoidalar joriy etgan boʻlsa, Niderlandiyada ijara xizmatlari butun mamlakat boʻylab taqiqlangan. Italiyada esa elektrosamokatlar yuridik jihatdan toʻlaqonli transport vositalariga tenglashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar