Amazon dronlar hujumidan so'ng ma'lumotlar markazini yarim yilda tiklaydi

1 daqiqa o'qish297
Amazon dronlar hujumidan so'ng ma'lumotlar markazini yarim yilda tiklaydi

Amazon kompaniyasining Yaqin Sharqdagi bulutli xizmatlar mijozlari urush oqibatida zarar ko'rgan ma'lumotlar markazlari tiklanishini yana bir necha oy kutishlariga to'g'ri keladi. Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayndagi uchta Amazon ma'lumotlar markaziga dronlar hujum qilganidan so'ng, tizimni to'liq tiklash qariyb yarim yil vaqt olishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Amazon kompaniyasi BAA va Bahrayndagi bulutli serverlar Yaqin Sharqdagi mojaro oqibatida zarar ko'rganini va mijozlar ilovalarini qo'llab-quvvatlay olmasligini ma'lum qildi. Kompaniya normal ish holati tiklanguniga qadar hisob-kitob operatsiyalari to'xtatilganini bildirdi.

AWS o'z mijozlariga resurslarni boshqa bulutli hududlarga ko'chirishni va zaxira nusxalaridan foydalanishni tavsiya qildi. Dubayda joylashgan Careem kabi ba'zi mijozlar boshqa ma'lumotlar markazlariga o'tish orqali o'z faoliyatini tezda tiklashga muvaffaq bo'ldi.

Bulutli xizmatlarni to'liq tiklash yarim yil davom etishi dronlar hujumi yetkazgan zarar ko'lamidan dalolat beradi. Ichki hujjatlarga ko'ra, bitta ma'lumotlar markazining o'zida 14 ta EC2 server stoykasi ishdan chiqqan va yana 5 tasi zarar ko'rgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?