Rossiya parallel import ro'yxatidan yirik kompyuter brendlarini chiqardi

1 daqiqa o'qish179
Rossiya parallel import ro'yxatidan yirik kompyuter brendlarini chiqardi

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi (Minpromtorg) parallel import ro'yxatiga kiritilgan o'zgarishlarga izoh berdi. Vazirlik ro'yxatning qisqarishi mamlakat ichki bozorida kompyuter va butlovchi qismlar taqchilligiga olib kelmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi hujjat 2025 yil 26 noyabrda tasdiqlangan bo'lib, olti oydan so'ng, ya'ni 2026 yil 27 maydan kuchga kiradi. Unga ko'ra, "Acer", "Asus", "Fujitsu", "HP", "Hitachi", "IBM", "Intel", "Kingston", "Samsung" va "Toshiba" kabi brendlarning kompyuter, noutbuk va serverlari parallel import mexanizmidan chiqariladi.

Vazirlik vakillarining fikricha, ushbu qaror chakana savdoda texnikalar assortimentini kamaytirmaydi. Aksincha, bu qadam mahalliy radioelektronika mahsulotlariga bo'lgan talabni oshirishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu o'zgarish Rossiya elektronika sanoatini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi o'rnini mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?