Sber aqlli uy tizimi uchun bahorgi yangilanish taqdim etildi

1 daqiqa o'qish126
Sber aqlli uy tizimi uchun bahorgi yangilanish taqdim etildi

Sber jamoasi o‘zining aqlli uy ekotizimi uchun navbatdagi bahorgi yangilanishni e’lon qildi. Mazkur loyiha Sber kompaniyasining hamkori — SberDevices tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga yanada qulayliklar yaratishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Endilikda aqlli uy stsenariylarini yaratish uchun Sber aqlli kolonkasi bilan oddiy muloqot qilish kifoya. GigaChat yordamida foydalanuvchi o‘z xohishini og‘zaki aytishi mumkin, tizim esa barcha tafsilotlarni aniqlashtirib, tayyor stsenariyni saqlab qo‘yadi. GigaChat murakkab buyruqlarni ham tushunib, ularni bosqichma-bosqich bajarishga yordam beradi.

Yangi funksiyalar qatoriga «Uyda» va «Uyda emasman» rejimlari qo‘shildi. Bu rejimlar resurslarni tejash imkonini beradi: masalan, uyda hech kim bo‘lmaganda, chiroqlar yoki namlagichlar avtomatik tarzda o‘chiriladi. Shuningdek, yoritish tizimini asosiy va qo‘shimcha manbalarga ajratish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ilova interfeysi ham yangilanib, qurilmalar uchun maxsus belgilar qo‘shildi. Endi ovozli buyruqlar yanada aniqroq ishlaydi: masalan, «Salyut, ventilyatorni yoq» deganingizda, tizim xatoliksiz aynan ventilyatorni ishga tushiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?