Greg Brockman Elon Muskning OpenAI'dan qanday ketganini oshkor qildi

1 daqiqa o'qish196
Greg Brockman Elon Muskning OpenAI'dan qanday ketganini oshkor qildi

2017-yil avgust oyi oxirida OpenAI kompaniyasining asoschilari texnologiyalarni tijoratlashtirish va sunʼiy umumiy intellekt (AGI) yaratish uchun mablagʻ jalb qilish masalasini muhokama qilishdi. Oʻsha paytda Elon Musk kompaniya ustidan toʻliq nazoratni oʻz qoʻliga olishni talab qilgan edi. CTO Greg Brockman Muskning hamkorlariga Tesla Model 3 avtomobillarini sovgʻa qilishini ularni oʻz tomoniga ogʻdirishga urinish deb baholadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yigʻilishda Ilya Sutskever Muskga doʻstona ishora sifatida Tesla tasvirlangan suratni sovgʻa qilmoqchi boʻldi, biroq vaziyat keskin tus oldi. Musk kompaniya ustidan nazoratni qoʻlga kirita olmasligini tushungach, gʻazabga mindi va "Men rad yetaman" deb xonani tark yetdi. U hatto Brockmanga tahdidli ohangda "Qachon OpenAI'dan ketasiz?" deya savol berdi.

Musk ushbu voqeadan soʻng kompaniyaga moliyaviy yordam berishni toʻxtatdi va olti oy ichida direktorlar kengashini tark yetdi. Shunga qaramay, u 2020-yilgacha Neuralink bilan birgalikda foydalanilgan ofis xarajatlarini toʻlab berdi. Hozirgi kunda OpenAI va Musk oʻrtasidagi sud jarayonlari 2017-yildagi ushbu kelishmovchiliklar atrofida kechmoqda.

Greg Brockman sud jarayonida oʻzining shaxsiy kundaliklariga tayanib koʻrsatma berdi. U Musk bilan boʻlgan bu kurashni "juda ogʻriqli" deb atadi. Sudga taqdim yetilgan xabarlardan birida Musk Brockman va Sam Altman'ni "Amerikadagi eng nafratlangan odamlarga aylanishlari" bilan tahdid qilgani maʼlum boʻldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?