date

Parij prokuraturasi Ilon Mask va X’ga qarshi tergov boshladi

Parij prokuraturasi Ilon Mask va X’ga qarshi tergov boshladi

Parij prokuraturasi tadbirkor Ilon Mask va uning X kompaniyasiga qarshi dastlabki tergov ishlarini boshladi. Bu haqda Le Monde nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror Ilon Mask 20 aprel kuni chaqirilgan so‘roqqa kelmaganidan keyin qabul qilingan. Shuningdek, X kompaniyasining sobiq bosh direktori Linda Yassarino bo‘yicha ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Fransiya prokuraturasi Europol va mamlakat Jandarmeriyasining kiberjinoyatchilik bo‘limi bilan hamkorlikda X kompaniyasining Fransiyadagi ofislarida tintuv o‘tkazgan edi. Ushbu jarayon 2025 yil yanvar oyida ijtimoiy tarmoq algoritmlari bo‘yicha kelib tushgan shikoyatlardan so‘ng boshlangan tekshiruv bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Tergov doirasida X platformasidagi ayrim kontentlar ham o‘rganilmoqda. Xususan, Xolotokostni inkor etuvchi materiallar hamda sun’iy intellekt orqali yaratilgan intim tasvirlarga oid shikoyatlar tekshiruvga sabab bo‘lgan. Shuningdek, platformadagi Grok chatboti faoliyati ham huquq-tartibot organlari diqqat markazida qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Parij prokuraturasi Ilon Mask va X’ga qarshi tergov boshladi