Truecaller 70 nafar xodimini ishdan bo‘shatadi

1 daqiqa o'qish153
Truecaller 70 nafar xodimini ishdan bo‘shatadi

Shvetsiyaning Truecaller kompaniyasi 2026-yilning ikkinchi choragida o‘z xodimlarining qariyb 15 foizini yoki 70 nafarini qisqartirishini e’lon qildi. Bu qaror kompaniyaning birinchi chorakdagi moliyaviy ko‘rsatkichlari pasayishi ortidan qabul qilindi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya daromadlarining kamayishiga Hindistondagi real pul tikiladigan o‘yinlar sektoridagi cheklovlar, Google kabi hamkorlarning reklama algoritmlaridagi o‘zgarishlar hamda Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Xususan, Hindistondagi sof daromad 41 foizga, reklama tushumlari esa 44 foizga qisqargan.

Shunga qaramay, Truecaller faol foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi. Shuningdek, kompaniyaning obuna bo‘yicha daromadlari 27 foizga o‘sdi. AI Assistant va Family Protection kabi yangi funksiyalar pullik xizmatlar jozibadorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kompaniya rahbari Rishit Jhunjhunwala o‘tgan yilgi yuqori ko‘rsatkichlar asosan Hindistondagi kriket mavsumi bilan bog‘liq reklama faolligi hisobiga erishilganini ta’kidladi. Joriy yilda kompaniya aksiyalari qiymati sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa-da, hisobot e’lon qilinganidan so‘ng qisman tiklanish kuzatilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?