Star Labs kompaniyasi qimmatbaho StarFighter noutbukini taqdim etdi

1 daqiqa o'qish169
Star Labs kompaniyasi qimmatbaho StarFighter noutbukini taqdim etdi

Britaniyaning Star Labs kompaniyasi o‘zining yangi StarFighter noutbukini sotuvga chiqardi. Qurilmaning bazaviy konfiguratsiyasi qariyb 1900 dollarga baholangan bo‘lsa-da, u diskret grafik karta yoki eng so‘nggi avlod protsessorlari bilan jihozlanmagan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Boshlang‘ich model 1880 dollar turadi va u Core Ultra 5 125H protsessori, 32 GB tezkor xotira hamda 1 TB hajmli SSD bilan ta’minlangan. Noutbuk 16 dyuymli QHD ekran, 165 Gts yangilanish tezligi, Wi-Fi 6E, Thunderbolt 4 va 80 Vt/soat sig‘imli batareyaga ega. Qurilmaning qalinligi 20 mm, vazni esa 1,6 kg ni tashkil etadi.

Qimmatroq versiyalarda Core Ultra 9 285HX yoki Ryzen 7 8845HS protsessorlari, 64 GB gacha tezkor xotira, 4 TB hajmli SSD va 120 Gts chastotali 4K ekranlar mavjud. Garchi narx yuqori bo‘lsa-da, noutbuk o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Qurilma MacBook kabi taktil qayta aloqaga ega sensorli panel, yechib olinadigan kamera va simsiz tarmoqlarni o‘chirish uchun jismoniy tugma bilan jihozlangan. Shuningdek, korpus keramik qoplama bilan qoplangan bo‘lib, tizim Coreboot, EDK II va Linux platformalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?