Wispr Flow sunʼiy intellektga asoslangan uchrashuv yozuvchisini ishga tushirishi mumkin

Wispr Flow onlayn yig'ilish va uchrashuvlarni qayd etuvchi sun'iy intellektga asoslangan yangi funksiyani ishga tushirishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Xizmat ishtirokchilar ovozi, audio yozuvlar, metama'lumotlar va so'zlovchilar belgilarini tahlil qilib, transkripsiya, qisqacha xulosa, vazifalar ro'yxati hamda asosiy tahliliy natijalarni shakllantirishi mumkin.
Mashhur diktant ilovasi sifatida tanilgan Wispr Flow xizmat koʻrsatish qoidalariga kiritilgan soʻnggi oʻzgarishlarga koʻra, onlayn yigʻilishlar va uchrashuvlarni qayd etuvchi yangi funksiyani taqdim etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu qadam kompaniya uchun ovozli matnlarni toʻgʻrilashdan tashqari, foydalanuvchilarning kundalik ish jarayonlarini yanada kengroq avtomatlashtirish yoʻlidagi muhim bosqich boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, startap oʻz mijozlariga maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari oʻzgargani haqida rasmiy xatlar yuborgan. Yangilangan hujjatlarni oʻrganish jarayonida uchrashuv maʼlumotlarini qayta ishlash hamda kelgusida ishga tushirilishi kutilayotgan notetaker (qayd qiluvchi) xizmatiga oid qismlar qoʻshilgani aniqlangan.
Yangi funksiyaning imkoniyatlari
Kompaniya bayonotiga koʻra, boʻlajak sunʼiy intellekt vositasi yigʻilish ishtirokchilari ovozi, audio yozuvlar, metamaʼlumotlar va soʻzlovchilar belgilarini tahlil qilgan holda toʻliq transkripsiya tayyorlaydi. Shuningdek, uchrashuv davomida muhokama qilingan masalalar boʻyicha qisqacha xulosalar, vazifalar roʻyxati va asosiy tahliliy natijalarni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻladi.Ushbu yangilik bozorga chiqqach, Wispr Flow Granola, Fireflies, Read AI, Otter hamda Fathom kabi mavjud mashhur uchrashuv yozuvchi xizmatlariga asosiy raqobatchiga aylanishi kutilmoqda. Avvalroq kompaniya asoschilaridan biri Tanay Kothari intervyularida foydalanuvchilarga yordam beruvchi universal sunʼiy intellekt yordamchisini yaratish niyatida ekanini maʼlum qilgan edi.
Moliyaviy koʻrsatkichlar va istiqbollar
Hozirgi kunga qadar Wispr Flow 81 million dollardan ortiq sarmoya jalb qilishga muvaffaq boʻlgan. Oxirgi moliyalashtirish raundida kompaniyaning umumiy qiymati 700 million dollarga baholangan edi. Bloomberg nashrining may oyidagi xabarlariga koʻra, startap oʻz qiymatini 2 milliard dollarga yetkazishi mumkin boʻlgan yangi sarmoya raundi boʻyicha muzokaralar olib borgan.Shunga qaramay, yangi funksiyaning aniq qanday formatda taqdim etilishi hozircha sir saqlanmoqda. Xususan, dastur tizim audiosiga tayanib, alohida audio yozuv saqlamasdan transkripsiya qiluvchi Granola uslubidagi yengil yechim boʻladimi yoki toʻq va toʻlaqonli yigʻilish yozib olish vositasimi, bu borada aniq maʼlumot yoʻq. Wispr Flow vakillari mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha izoh berishdan bosh tortishdi.






























Izohlar 0
…