Radeon RX 9070 XT videokartalarining ishonchliligi maʼlum boʻldi

Radeon RX 9070 XT videokartalarining ishonchliligi maʼlum boʻldi

Yevropaning yirik chakana savdo tarmoqlari statistikasi Radeon RX 9070 XT videokartalarining turli modifikatsiyalari qanchalik chidamli ekanini koʻrsatib berdi. Hardware & Co nashri taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, Mindfactory va Alza kabi yirik savdo maydonchalari xaridorlar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar boʻyicha oʻz raqamlarini eʼlon qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu statistika foydalanuvchilarga qaysi brend va modellar eng ishonchli ekanini tanlashda muhim orientir vazifasini bajaradi. Garchi turli tarmoqlar keltirgan koʻrsatkichlar oʻrtasida biroz tafovutlar mavjud boʻlsa-da, umumiy manzara mahsulot sifatini aniq baholash imkonini beradi.

Eng ishonchli modellar

Tahlil natijalariga koʻra, ishlab chiqaruvchining asosiy liniyasiga mansub Asus Prime modeli eng ishonchli variantlardan biri boʻlib chiqdi. Alza tarmogʻi statistikasiga koʻra, ushbu videokarta eng past kafolatli qaytarish koʻrsatkichiga ega boʻlib, atigi 0,17 foizni tashkil etgan. Mindfactory maʼlumotlarida ham bu koʻrsatkich 1,07 foiz darajasida qayd etilgan.

Shuningdek, XFX brendining ayrim modellari va qator muqobil variantlar ham yuqori ishonchlilik darajasini koʻrsatdi. Baʼzi modellar faqat bitta tarmoqda sotilishiga qaramay, yaxshi natija qayd etgan. Jumladan, faqat Mindfactory tarmogʻida mavjud boʻlgan ASRock Steel Legend Dark modeli uchun bu koʻrsatkich atigi 0,24 foizni tashkil etdi.

Muammoli modellar

Biroq barcha qurilmalar ham bir xil darajada maqtanarli natija koʻrsatgani yoʻq. Ayrim videokartalar servis markazlariga boshqalarga nisbatan bir necha barobar koʻproq qaytarilgani maʼlum boʻldi.

  • ASSRock Steel Legend modeli ikkala tarmoqda mos ravishda 0,88% va 2,73% qaytarilish foizini koʻrsatdi.
  • XFX Quicksilver White versiyasi ham 1,28% va 2,84% koʻrsatkichlar bilan yuqoriroq nosozlik darajasini qayd etdi.
  • Eng past natija PowerColor Reaper modeliga tegishli boʻlib, uning qaytarilish koʻrsatkichi 3,28 foizni tashkil qildi, biroq bu karta faqat bitta tarmoqda sotiladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, keltirilgan farqlarga qaram umumiy bozor miqyosida biron-bir anomal holat yoki keskin salbiy tendentsiya kuzatilmagan. Koʻrsatkichlar texnik jihatdan maqbul chegaralarda qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar