Starship kosmik parvozlar iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishi mumkin

1 daqiqa o'qish254
Starship kosmik parvozlar iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishi mumkin

Elon Musk o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida Starship kosmik kemasining imkoniyatlari haqidagi hisob-kitoblarni bo‘lishdi. Unga ko‘ra, kemaning foydali yuk hajmi 1000 kub metrdan oshadi, bu esa Xalqaro kosmik stansiyaning (XKS) umumiy hajmi bilan deyarli tengdir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Taqqoslash uchun, XKSni qurish uchun 13 yil davomida 42 ta alohida parvoz va 150 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Starship esa birgina parvozda besh xonali uy hajmiga teng yukni, 100 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshni yoki hatto Boeing 737 samolyotining qismlarini orbitaga olib chiqa oladi.

Kemaning balandligi 18 metrni tashkil etadi, bu esa besh qavatli uydan ham balandroq deganidir. SpaceX tizimning to‘liq qayta foydalanishga mo‘ljallanganligini ta’kidlamoqda, bu esa kelajakda teleskoplar, orbital stansiyalar va Marsga mo‘ljallangan modullarni yetkazib berish xarajatlarini keskin kamaytiradi.

Mutaxassislar Starship tizimini kosmik sanoatdagi «muhandislik mo‘jizasi» deb atashmoqda. Hozirda SpaceX yangi avlod Starship parvozi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda, avvalroq kompaniya Super Heavy raketasining 33 ta dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?