date

Xiaomi yangi transformator massajyorini taqdim etdi

Xiaomi yangi transformator massajyorini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi oʻzining Youpin platformasi orqali yangi Mi Long-Handle Fascia Gun 3 massaj toʻpponchasini sotuvga chiqardi. Qurilmaning boshlangʻich narxi 399 yuan etib belgilangan boʻlsa-da, aksiya doirasida uni 299 yuanga xarid qilish imkoniyati mavjud. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu modelning asosiy oʻziga xosligi uning transformatsiya qilinadigan konstruksiyasidir. Foydalanuvchilar maxsus mexanizm yordamida qurilmaning uzun yoki qisqa tutqichlarini osonlik bilan almashtirishlari mumkin. Uzun tutqich bel, yelka va son qismlarini massaj qilish uchun moʻljallangan boʻlsa, qisqa tutqich qoʻl va boldir kabi kichikroq sohalar uchun qulaylik yaratadi.

Texnik jihatdan massajyor 12 kg gacha bosim oʻtkaza oladigan va 6 mm chuqurlikkacha taʼsir koʻrsatadigan kuchli choʻtkasiz motor bilan jihozlangan. Qurilmada uchta tezlik rejimi hamda doimiy va oʻzgaruvchan ishlash funksiyalari mavjud boʻlib, toʻplamda turli ehtiyojlar uchun uchta alohida nasadka taqdim etiladi.

Qurilmaning avtonomligi 1900 mA/soat sigʻimli akkumulyator hisobiga taʼminlanadi. Xiaomi maʼlumotlariga koʻra, mazkur quvvat qurilmadan bir marta toʻliq quvvatlangandan soʻng 30 kungacha foydalanish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi yangi transformator massajyorini taqdim etdi