WallStreetBets SECning choraklik hisobotlar bo‘yicha taklifiga qarshi chiqdi

1 daqiqa o'qish128
WallStreetBets SECning choraklik hisobotlar bo‘yicha taklifiga qarshi chiqdi

AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) o‘tgan hafta ommaviy savdoga chiqarilgan kompaniyalar uchun choraklik hisobot standartlarini yumshatishni taklif qildi. Biroq, ushbu tashabbus investorlar, xususan, mashhur Reddit hamjamiyati WallStreetBets tomonidan keskin tanqidga uchradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

WallStreetBets a’zolari 10-Q shaklidagi choraklik moliyaviy hisobotlar oddiy investorlar va yirik institutsional o‘yinchilar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlovchi eng muhim vosita ekanligini ta’kidlashdi. Ularning fikricha, yirik fondlar sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va ekspertlar tarmog‘i kabi qimmatbaho ma’lumotlarga ega, oddiy investorlar uchun esa 10-Q hisobotlari yagona ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

SEC yangi qoidaga ko‘ra, kompaniyalarga yiliga to‘rt marta emas, balki ikki marta hisobot topshirish imkonini bermoqchi. Komissiya buni kompaniyalar xarajatlarini kamaytirish va ularning uzoq muddatli rivojlanishiga e’tibor qaratishiga yordam berish bilan izohlamoqda. Biroq, WallStreetBets bu argumentlarni asossiz deb atab, Apple va NVIDIA kabi gigantlar ham choraklik hisobot topshirib, katta muvaffaqiyatlarga erishayotganini eslatib o‘tdi.

Reddit hamjamiyati ushbu o‘zgarishlar kompaniya ichki ma’lumotlariga ega bo‘lgan shaxslar va oddiy investorlar o‘rtasidagi tafovutni yanada oshirib, oxir-oqibat chakana investorlarning moliyaviy yo‘qotishlariga olib kelishidan xavotirda. Hozirda 60 kunlik jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda va 120 dan ortiq shaxs, jumladan, sobiq SEC advokatlari ham ushbu taklifga qarshi chiqdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?