date

AQSHda sunʻiy intellektli kripto-botlar orqali 12 million dollarlik firibgarlik fosh etildi

AQSHda sunʻiy intellektli kripto-botlar orqali 12 million dollarlik firibgarlik fosh etildi

AQSH Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Texas shtatida yashovchi shaxsni 150 ga yaqin investordan 12,3 million dollar mablagʻni noqonuniy oʻzlashtirganlikda aybladi. Nathan Fuller oʻzining Privvy Investments va Gateway Digital Investments kompaniyalari orqali sunʻiy intellektga asoslangan savdo botlari yordamida kafolatlangan daromad vaʻda qilib, yirik firibgarlik sxemasini amalga oshirgan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

SEC maʻlumotlariga koʻra, Fuller investorlarga 30-45 kun ichida 40% dan 50% gacha, baʻzi hollarda esa atigi 21 kun ichida 100% dan yuqori foyda olishni vaʻda qilgan. U oʻzining sunʻiy intellekt botlari turli kripto platformalarida yuqori chastotali arbitraj savdolarini amalga oshirishini daʻvo qilgan. Shuningdek, u mablagʻlar FDIC tomonidan sugʻurtalanganligi haqida yolgʻon maʻlumotlar berib, odamlarni ishontirgan.

Aslida esa, yigʻilgan 12,3 million dollarning kamida 6,2 million dollari Fuller tomonidan shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflangan. Qolgan 5,5 million dollar esa yangi investorlar hisobidan eski investorlarga toʻlovlar amalga oshiriladigan Ponzi sxemasi (moliyaviy piramida) tamoyili asosida ishlatilgan. Sxemani yashirish maqsadida investorlarga soxta hisobotlar va uydirma hujjatlar taqdim etib kelingan.

Ushbu holat sunʻiy intellekt va kripto texnologiyalari niqobi ostida amalga oshirilayotgan jinoyatlarning bir qismidir. Oʻtgan yili ham SEC shunga oʻxshash 14 million dollarlik firibgarlik sxemasini fosh etgan edi. Hozirda regulyator Fullerga nisbatan doimiy taqiqlar qoʻyish, noqonuniy orttirilgan foydani musodara qilish va fuqarolik jarimalarini qoʻllashni talab qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQSHda sunʻiy intellektli kripto-botlar orqali 12 million dollarlik firibgarlik fosh etildi