Dunyodagi eng katta zararli dasturlar bazasi qanday ko‘rinishga ega?

1 daqiqa o'qish170
Dunyodagi eng katta zararli dasturlar bazasi qanday ko‘rinishga ega?

Zararli dasturlarni tadqiq qiluvchi vx-underground guruhi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 30 terabayt hajmdagi zararli kodlar arxiviga egaligini ma’lum qildi. VirusTotal asoschisi Bernardo Kintero esa o‘z xizmatida foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan 31 petabayt hajmdagi zararli dasturlar namunalari mavjudligini qayd etdi. Bir petabayt taxminan 1000 terabaytga teng ekanligini hisobga olsak, bu juda ulkan raqamlar hisoblanadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kiberxavfsizlik kompaniyalari va sun’iy intellekt tadqiqotchilari ushbu ma’lumotlar bazasidan tahdidlarni aniqlash modellarini o‘qitish hamda hujumlarning rivojlanishini tushunish uchun foydalanadilar. Mutaxassislar ushbu ma’lumotlarni 1 terabaytlik standart 3,5 dyuymli qattiq disklarga (HDD) joylashtirib, ularni ustma-ust taxlab chiqishsa, qanday balandlik hosil bo‘lishini hisoblab chiqishdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, vx-underground bazasidagi 30 terabayt ma’lumot 30 ta qattiq diskni tashkil etadi va ularning balandligi taxminan 76 santimetrga yetadi. VirusTotal bazasidagi 31 petabayt ma’lumot esa 31 744 ta qattiq diskni talab qiladi. Agar ularni ustma-ust taxlab chiqilsa, minoraning balandligi qariyb 806 metrni tashkil etadi, bu esa dunyodagi eng baland inshootlar bilan raqobatlasha oladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?