Anker 8,6 mm qalinlikdagi yangi magnitli quvvat bankini taqdim etdi

Anker kompaniyasi Xitoy bozorida Air turkumiga mansub, atigi 8,6 mm qalinlikdagi ultra yupqa magnitli quvvat bankini taqdim etdi va uni 48 dollar atrofidagi narxda sotuvga chiqardi. 5000 mA/soat sig‘imga ega mazkur qurilma simsiz rejimda 15 W, USB-C porti orqali esa 20 W quvvatni taqdim etib, foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmani quvvatlash imkonini beradi.
Anker kompaniyasi Xitoy bozorida o‘zining yangi Air turkumiga mansub ultra yupqa magnitli quvvat bankini (power bank) taqdim etdi. 5000 mA/soat sig‘imga ega ushbu qurilma atigi 8,6 mm qalinlikdagi korpus bilan ajralib turadi va 48 dollar atrofidagi narxda sotuvga chiqarildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi model simsiz quvvatlash rejimida 15 W, USB-C porti orqali esa 20 W quvvatni taqdim etadi. Bu imkoniyat foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmani quvvatlash imkonini beradi. Anker ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 17 Pro smartfonini simsiz rejimda 30 daqiqa ichida 33 foizgacha quvvatlash mumkin.
Qurilmada maxsus displey o‘rniga quvvat darajasi va ish holatini ko‘rsatuvchi LED indikatorlar o‘rnatilgan. Shuningdek, 12,8 N kuchga ega magnitli birikma smartfonning mahkam o‘rnashishini ta’minlaydi va hatto g‘ilof (chexol) orqali ham barqaror quvvat uzatishni kafolatlaydi.






























Izohlar 0
…