date

Yerga uy kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Yerga uy kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

10-may kuni AQShdagi beshta rasadxona astronomlari tomonidan kashf etilgan 2026 JH2 asteroidi Yerga yaqinlashmoqda. "Apollon" sinfiga mansub ushbu osmon jismining oʻlchami 16 dan 30 metrgacha baholanmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

18-may kuni asteroid Katta Ayiq yulduz turkumi hududidan oʻtadi. Rossiya hududidan uni kuzatish imkoniyati boʻlsa-da, obyektning yorqinligi 17–18 yulduz kattaligini tashkil etishi sababli uni faqat professional teleskoplar yordamida koʻrish mumkin.

Novosibirsk davlat universiteti qoshidagi "Vega" rasadxonasi muhandisi Mixail Maslovning soʻzlariga koʻra, 18-maydan 19-mayga oʻtar kechasi asteroid osmonning janubiy yarim shariga keskin siljiydi. U Yerga eng yaqin masofada, yaʼni Oydan toʻrt barobar yaqinroq — taxminan 94 ming kilometr masofadan oʻtadi.

Maksimal yaqinlashuv vaqtida asteroidning yorqinligi 12–13 yulduz kattaligigacha ortishi mumkin, ammo bu vaqtda u shimoliy kengliklardan koʻrinmay qoladi. Shu sababli, Rossiyadagi kuzatuvchilar uchun qulay vaqt bir necha soat bilan cheklanadi.

Mazkur muddatdan soʻng osmon jismi tezlik bilan janubga yoʻl oladi. Shundan keyin uni faqat janubiy yarim shardagi yirik havaskorlik va professional teleskoplar orqali kuzatish imkoni boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yerga uy kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda