Starlink internet tezligi oshadi: FCC yangi chastotalarni tasdiqladi

Starlink internet tezligi oshadi: FCC yangi chastotalarni tasdiqladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC)
  • Starlink kabi sunʼiy yoʻldosh internet xizmatlariga maʼlumot uzatish uchun 12,7–13,25 GGs hamda 42–42,5 GGs chastota diapazonlaridan foydalanishga ruxsat berdi.
  • Ushbu yangi chastotalar sunʼiy yoʻldosh orqali keng polosali ulanish tizimlari uchun qoʻshimcha 525 MHz chastota spektri ochib, maʼlumotlarni qabul qilish imkoniyatlarini 25 foizdan ziyodga kengaytiradi.

AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) sunʼiy yoʻldosh internet-servislariga, jumladan Starlink tarmogʻiga foydalanuvchi terminallariga maʼlumot uzatish uchun qoʻshimcha chastota diapazonlarini qoʻllashga ruxsat berdi. Mazkur qaror global miqyosda simsiz internet qamrovini kengaytirish va ulanish tezligini sezilarli darajada oshirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

ixbt.com maʼlumotiga koʻra, gap 12,7–13,25 GGs hamda 42–42,5 GGs chastota diapazonlari haqida bormoqda. Natijada sunʼiy yoʻldosh orqali keng polosali ulanish tizimlari uchun qoʻshimcha 525 MHz chastota spektri ochilib, bu maʼlumotlarni qabul qilib olish imkoniyatlarini 25 foizdan ziyodga kengaytiradi.

Chastotalarning yangi imkoniyatlari

Avvallari 12,7–13,25 GGs diapazoni faqat yer ustki stansiyasidan sunʼiy yoʻldoshlarga maʼlumot uzatish uchungina xizmat qilgan boʻlsa, endilikda FCC uni toʻgʻridan-toʻgʻri sunʼiy yoʻldoshdan foydalanuvchi tarelkasiga uzatish uchun ham qoʻllashga ruxsat etdi. Bu oʻzgarish harakatlanuvchi obyektlarga, xususan samolyotlar va kemalarga oʻrnatilgan terminallarga ham taalluqlidir.

Shuningdek, komissiya 42–42,5 GGs diapazonidan yer usti shlyuz stansiyalari uchun foydalanishga ruxsat berdi. Ushbu chastotadan oddiy foydalanuvchi terminallari foydalana olmaydi. FCC hisob-kitoblariga koʻra, mazkur diapazonning qoʻshilishi past orbitadagi yuqori unumdor sunʼiy yoʻldoshning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini taxminan 7,2 foizga oshiradi.

Kelgusidagi rejalar va istiqbollar

Hozircha Starlink yangi chastotalardan aynan qachon foydalanishni boshlashi nomaʼlumligicha qolmoqda. Buning uchun SpaceX kompaniyasi odatdagi tartibda FCCga oʻz tizimining ish parametrlarini oʻzgartirish boʻyicha rasmiy ariza taqdim etishi talab etiladi.

Komissiya rahbari Brendan Karrning taʼkidlashicha, mavjud spektrning kengaytirilishi uy sunʼiy yoʻldosh interneti uchun yanada koʻproq imkoniyatlar yaratadi. Bu, oʻz navbatida, olis va qishloq hududlarida internet aloqasini yaxshilash hamda foydalanuvchilar sonini yanada koʻpaytirish uchun qulay sharoit hozirlaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar