date

Intel iPhone uchun protsessorlar ishlab chiqarishni boshladi

Intel iPhone uchun protsessorlar ishlab chiqarishni boshladi

Apple taʼminot zanjiri tahlilchisi Ming-Chi Kuo maʼlum qilishicha, Intel kompaniyasi iPhone, iPad va Macʼning byudjet yoki eskirgan modellari uchun protsessorlar ishlab chiqarishga kirishdi. Ushbu buyurtmalarning qariyb 80 foizi aynan iPhone modellariga toʻgʻri keladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Apple kompaniyasining rejalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 2026-yilda kichik hajmdagi sinovlar, 2027-yilda ishlab chiqarish hajmini oshirish va 2028-yilda oʻsish surʼatlarini davom ettirish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Apple Intelʼning boshqa ilgʻor texnologik jarayonlarini ham faol oʻrganmoqda.

Intel 2027-yilga kelib mahsulot sifatini (yaroqli mahsulot chiqishi) 50–60 foiz yoki undan yuqori darajada barqarorlashtirishni maqsad qilgan. Dastlabki yetkazib berishlar muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda ham, TSMC bozorning 90 foizdan ortiq ulushini saqlab qolishi kutilmoqda.

Insayderlarning taʼkidlashicha, Intel ichida Apple buyurtmalariga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Apple mazkur muzokaralarni TSMCʼda ilgʻor texnologik jarayonlar boʻyicha quvvat tanqisligi yuzaga kelishidan ancha oldin boshlagan edi. Apple kompaniyasi TSMC resurslari kelajakda sunʼiy intellekt yoʻnalishiga koʻproq yoʻnaltirilishini yaxshi anglaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Intel iPhone uchun protsessorlar ishlab chiqarishni boshladi