date

Janubiy Koreyada SK hynix xodimlari eng istiqbolli kuyovlar deb topilmoqda

Janubiy Koreyada SK hynix xodimlari eng istiqbolli kuyovlar deb topilmoqda

Janubiy Koreyada SK hynix kompaniyasi xodimlari mahalliy tanishuv bozorida kutilmaganda eng nufuzli va orzu qilingan nomzodlarga aylanishdi. Bunga kompaniyaning sunʼiy intellekt texnologiyalari uchun zarur boʻlgan HBM-xotiraga boʻlgan talab ortidan erishgan rekord darajadagi moliyaviy muvaffaqiyatlari sabab boʻlmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

2026-yilning birinchi choragida kompaniya qariyb 25 milliard dollar operatsion foyda koʻrdi. SK hynixʼda joriy etilgan tizimga koʻra, daromadning katta qismi xodimlarga bonus sifatida taqsimlanadi. Mahalliy OAV maʼlumotlariga koʻra, birgina chorak ichida xodimlarga toʻlangan jami mukofot pullari 2,5 milliard dollardan oshib ketgan.

Ilgari Janubiy Koreyada shifokorlar, huquqshunoslar va yirik korporatsiyalar top-menejerlari eng yaxshi kuyovlar hisoblangan boʻlsa, endilikda bu maqom SK hynix xodimlariga oʻtdi. Ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya formasini kiyib yurgan xodimlar tanishuv tadbirlarida qizlarning alohida eʼtiboriga tushayotgani haqida koʻplab xabarlar tarqalmoqda.

Qizigʻi shundaki, sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi yana bir gigant — Samsung Electronics xodimlari bunday yuqori maqomga ega emas. Buning asosiy sababi bonuslar tizimining SK hynixʼdagidek saxiy emasligidir. Hozirda Samsung Electronics xodimlari oʻz mukofot pullarini oshirishni talab qilib, ish tashlashlar bilan tahdid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Janubiy Koreyada SK hynix xodimlari eng istiqbolli kuyovlar deb topilmoqda