Rossiyada Wi-Fi nuqtalariga bo‘lgan talab keskin oshdi

Rossiyaning «Rostelekom» kompaniyasi prezidenti Mixail Oseyevskiy mobil internetdagi uzilishlar biznes va davlat idoralari tomonidan Wi-Fi nuqtalarini yaratishga bo‘lgan talabni oshirganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mijozlar internetdagi cheklovlarni bugungi kunning ajralmas voqeligi sifatida qabul qilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya rahbari Wi-Fi infratuzilmasini rivojlantirish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobarga oshganini ta’kidladi. «Rostelekom» ayniqsa jangovar harakatlar chizig‘iga yaqin hududlarda aholi uchun bepul Wi-Fi loyihalarini amalga oshirmoqda.
Mixail Oseyevskiy kompaniya ushbu uzilishlardan katta foyda ko‘rayotgani haqidagi fikrlarni rad etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu loyihalar ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega va vaziyat barqarorlashgach, barchasi o‘z maromiga qaytadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!