date

Google AI Studio yordamida Android ilovalarini bir necha daqiqada yaratish mumkin

Google AI Studio yordamida Android ilovalarini bir necha daqiqada yaratish mumkin

Google kompaniyasi o‘zining veb-asosidagi Google AI Studio platformasiga Android ilovalarini yaratish imkonini beruvchi yangi funksiyalarni qo‘shdi. Endilikda dasturchilar haftalab vaqt sarflaydigan kod yozish jarayonini atigi bir necha daqiqaga qisqartirishlari mumkin. Bu yangilik nafaqat tajribali dasturchilar, balki dasturlashdan yiroq bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ham Android ekotizimiga kirish imkonini beradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yaratilayotgan ilovalar Kotlin dasturlash tili va Google’ning Jetpack Compose vositalari asosida ishlaydi. Platforma GPS, Bluetooth va NFC kabi qurilma datchiklarini qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchilar brauzerga o‘rnatilgan Android Emulator orqali ilovani real vaqt rejimida sinab ko‘rishlari va USB kabel orqali o‘z smartfonlariga o‘rnatishlari mumkin.

Hozirgi bosqichda yaratilgan ilovalar asosan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, biroq Google kelgusida ularni do‘stlar va yaqinlar bilan bo‘lishish imkoniyatini ham qo‘shishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, loyihani yanada rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uni Android Studio’ga o‘tkazib, GitHub orqali yanada kengaytirishlari mumkin.

Google ushbu qadam bilan Cursor, Replit va Claude Code kabi sun’iy intellektga asoslangan dasturlash vositalari bilan raqobatni kuchaytirmoqda. Kompaniya kelajakda Firebase integratsiyalari va ilovalarni Google Play Console orqali tarqatish imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google AI Studio yordamida Android ilovalarini bir necha daqiqada yaratish mumkin