date

Google qidiruvidagi sunʼiy intellekt sabab DuckDuckGo yuklamalari 30 foizga oshdi

Google qidiruvidagi sunʼiy intellekt sabab DuckDuckGo yuklamalari 30 foizga oshdi

Google oʻzining qidiruv tizimida amalga oshirgan keng koʻlamli oʻzgarishlaridan soʻng, koʻplab foydalanuvchilar sunʼiy intellekt (AI) majburan tiqishtirilayotganidan norozi boʻlib, DuckDuckGo platformasiga oʻtishni boshladi. Google I/O konferensiyasida anʼanaviy koʻk havolalar oʻrnini soʻrovlarga javob beruvchi va vazifalarni bajaruvchi AI agenti egallashi eʼlon qilingan edi. Biroq, bu yangilik koʻpchilikda qidiruv natijalarining aniqligi va foydalanuvchi nazorati yoʻqolishi borasida xavotir uygʻotdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

DuckDuckGo bosh direktori Gabriel Weinbergning taʼkidlashicha, Google foydalanuvchilarga rad etish imkoniyatini qoldirmasdan sunʼiy intellektni majburan taqdim etmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bu qidiruv natijalarining sifatini yaxshilash oʻrniga, ularni yomonlashtirmoqda. DuckDuckGo esa foydalanuvchilarga AI funksiyalaridan qanchalik foydalanishni oʻzlari hal qilish imkonini beruvchi xavfsiz hudud boʻlishni maqsad qilgan.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, 20-maydan 25-maygacha boʻlgan davrda DuckDuckGo ilovasining AQSHdagi yuklamalari haftalik oʻrtacha 18,1 foizga oshgan va 25-may kuni oʻsish koʻrsatkichi 30,5 foizga yetgan. iOS platformasida esa bu koʻrsatkich yanada yuqori boʻlib, haftalik oʻsish oʻrtacha 33 foizni, eng yuqori nuqtada esa qariyb 70 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, foydalanuvchilar DuckDuckGo platformasining sunʼiy intellektdan butunlay xoli boʻlgan noai.duckduckgo.com sahifasiga ham faol oʻtmoqdalar. Ushbu sahifaga tashriflar soni oʻrtacha 22,7 foizga koʻpaygan. Bu sahifada AI yordamida tayyorlangan javoblar va generatsiya qilingan tasvirlar kabi funksiyalar standart holatda oʻchirib qoʻyilgan boʻlib, bu oddiy va aniq qidiruvni afzal koʻruvchilar uchun qulaylik yaratmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google qidiruvidagi sunʼiy intellekt sabab DuckDuckGo yuklamalari 30 foizga oshdi