Waymo robotaksilarining eski batareyalari energiya tarmoqlarini quvvatlaydi

Waymo robotaksilarining eski batareyalari energiya tarmoqlarini quvvatlaydi

Waymo kompaniyasi oʻzining xizmat muddatini oʻtagan robotaksi batareyalaridan Kaliforniya va Texas shtatlaridagi elektr tarmoqlarini quvvatlashda foydalanish boʻyicha B2U energiya saqlash kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu kelashuv Waymo AQSH boʻylab joylashtirgan minglab robotaksilarining batareyalari yaroqsiz holga kelganda ularni qanday utilizatsiya qilish masalasiga yechim boʻladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Hozirgi vaqtda Waymo parkining asosiy qismini Jaguar I-Pace elektromobillari tashkil etadi, biroq yaqinda kompaniya Xitoyning Zeekr avtomobil ishlab chiqaruvchisi tomonidan tayyorlangan furgonlarni ham sinovdan oʻtkaza boshladi. Waymo ushbu hamkorlik doirasida "yuzlab megavatt quvvatga ega saqlash sigʻimi" yaratilishini maʼlum qildi, ammo loyihaning aniq tafsilotlarini ochiqlamadi.

B2U kompaniyasi batareyalarni qayta ishlashdan koʻra, ularni qayta maqsadlarda qoʻllashga (repurposing) ixtisoslashgan sanoqli korxonalardan biri hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, Tesla sobiq texnik direktori JB Straubel tomonidan asos solingan va Alphabet tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Redwood Materials kompaniyasi ham yaqinda eski elektromobil batareyalaridan foydalangan holda energiya saqlash biznesini yoʻlga qoʻygan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar