Rossiyada ChatGPT, Grok va DeepSeek xizmatlari taqiqlanmaydi

Rossiyada ChatGPT, Grok va DeepSeek xizmatlari taqiqlanmaydi

Rossiyada xorijiy neyrotarmoqlardan foydalanishni cheklash rejalashtirilmayapti. Bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida bosh vazir oʻrinbosari va hukumat apparati rahbari Dmitriy Grigorenko maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Uning soʻzlariga koʻra, sunʼiy intellektni davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi xorijiy sunʼiy intellekt xizmatlaridan foydalanishga nisbatan hech qanday taqiq yoki cheklovlarni oʻz ichiga olmaydi. Hujjatning asosiy vazifasi mahalliy texnologiyalar rivojlanishini ragʻbatlantirish va Rossiya ishlanmalariga boʻlgan talabni oshirishdan iborat.

«Sunʼiy intellekt masalasiga kelsak, biz umuman taqiqlarni, jumladan, xorijiy neyrotarmoqlarni bloklashni koʻrib chiqmayapmiz. Hozir tayyorlayotgan tartibga solish choralarimizdan maqsad — mahalliy yechimlarni ishlab chiqish va ularga boʻlgan talabni ragʻbatlantirishdir. Qonun loyihasida taqiqlovchi qoidalar mavjud emas», — deya taʼkidladi Grigorenko.

Shu bilan birga, hukumat vakili davlat tuzilmalari va oʻta muhim infratuzilma obʼektlarida asosan Rossiyada ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanilishi lozimligini qayd etib oʻtdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar