Rossiyada «Gosuslugi» portalida kiberfiribgarlikka qarshi «xavf tugmasi» paydo boʻladi

Rossiya Davlat dumasi kiberfiribgarlikka qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning ikkinchi paketi doirasidagi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qildi. Ushbu hujjatdagi asosiy yangiliklardan biri «Gosuslugi» davlat xizmatlari portalida maxsus «xavf tugmasi»ning joriy etilishidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi funksiya yordamida shubhali faollikka duch kelgan fuqarolar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan firibgarlik harakatlari haqida tezkor ravishda xabar berish imkoniyatiga ega boʻladilar. Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan maʼlumotlar avtomatik tarzda «Antifrod» davlat axborot tizimiga yoʻnaltiriladi.
Signal qabul qilingandan soʻng, maʼlumotlar banklar va aloqa operatorlariga taqdim etiladi. Bu esa oʻz navbatida moliya muassasalari va operatorlarga firibgarlik harakatlarining oldini olish uchun zarur choralarni koʻrish imkonini beradi.
Hozircha mazkur tizimning ishlash mexanizmi va koʻriladigan aniq choralar roʻyxati Rossiya hukumati tomonidan ishlab chiqilmoqda. Ushbu tashabbus raqamli xizmatlar xavfsizligini oshirish va fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilishga qaratilgan.





























Izohlar 0
…