Instagram tarixidagi eng mashhur surat e’lon qilindi

Amerikalik fotomodel Kendall Jennerning fotosurati Instagram tarixidagi eng mashhur surat deb tan olindi. The Independent xabariga asoslanib Daryo nashri xabar berishicha, 2015 yil mayida joylashtirilgan fotosurat 2,6 millionta layk yiqqan.
19 yoshli Jenner o‘z sahifasiga joylashtirgan suratda uning oq libosda polda yotganini, yoyilib turgan soch tolalaridan esa yurakcha ko‘rinishidagi shakllar yasalganini ko‘rish mumkin.
Instagram’dagi mashhurlik bo‘yicha avvalgi rekord teleyulduz Kim Kardashyan va reper Kane Uestning nikoh marosimi tasvirlangan fotosuratga tegishli edi. 2014 yil may oyida Italiyada olingan surat 2,4 millionta layk to‘plagandi.
Jenner jahondagi eng talabgir yosh modellardan biri hisoblanadi, u shuningdek «Kardashyan oilasi» nomli realiti-shoudagi ishtiroki bilan ham tanilgan. Kendall – teleyulduz Kim Kardashyanning o‘gay singlisidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing