Oddiy oqartirgich shoʻr batareya quvvatini ikki barobar oshirdi

AQSh Energetika vazirligiga qarashli Ouk-Rij milliy laboratoriyasi (ORNL) olimlari shoʻr suvli akkumulyatorlarni yaratish yondashuvini butunlay oʻzgartirishga muvaffaq boʻlishdi. Tadqiqot davomida kutilmagan nojoʻya reaksiya yangi avlod quvvat manbalarining asosiy ustunligiga aylandi va ularning koʻrsatkichlarini litiy-ion batareyalar darajasiga olib chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, postdok Vuseok Go tadqiqotlar jarayonida akkumulyator katodida sekin kechadigan kislorod reaksiyasidan oldin natriy gipoxloriti — oddiy maishiy oqartirgich hosil boʻlishini aniqlagan. Ushbu birikma tizimga yanada yuqori kuchlanish taqdim etishini payqagan olimlar tajriba oʻtkazib koʻrishdi.
Tizimga atigi 5 foiz miqdorida oqartirgich qoʻshilishi natijasida butun jarayon tubdan oʻzgardi. Shundan soʻng oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi toʻliq suyuqlik fazasida kechuvchi gipoxlorit/xlorid juftligiga oʻtdi. Bu jarayon quvvat olish va berish davrida ionlarning uzluksiz aylanishini taʼminladi.
Texnologiyaning asosiy afzalliklari
Mazkur innovatsion yondashuv tufayli anʼanaviy batareyalardagi muammoli suyuqlik-gaz faza almashinuvi butunlay bartaraf etildi. Natijada qimmatbaho katalizatorlarga boʻlgan ehtiyoj yoʻqoldi, akkumulyatorning ichki qarshiligi keskin kamaydi va uning eng yuqori quvvati ikki martadan ziyodga oshdi.Garchi shoʻr batareyalar litiy-ionli analoglarga nisbatan ogʻirroq va hajmdor boʻlsa-da, ularni smartfonlar yoki elektromobillar uchun ishlatish maqsadga muvofiq emas. Biroq ogʻirlik muhim boʻlmagan statsionar tarmoq saqlash tizimlari uchun bu texnolatlar haqiqiy topilma hisoblanadi.
Xavfsizlik va istiqbolli yoʻnalishlar
Shoʻr elektrolit asosidagi ichki suyuq sovutish tizimi litiy-ion batareyalarga xos boʻlgan halokatli yongʻin xavfini toʻliq istisno qiladi. Maʼlumki, odatiy litiy-ion batareyalarda yongʻinning oldini olish uchun majburiy sovutishga ulkan miqdordagi energiya sarflanadi.Hozirgi kunda Coulomb Technology startapi ushbu texnologiyani tijoratlashtirish ustida faol ish olib bormoqda. Mazkur ishlanmani yirik maʼlumotlar markazlari va elektr tarmoqlarining tayanch uchastkalarini zaxira quvvat bilan taʼminlashda qoʻllash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, ushbu texnologiyadan okeanlardagi konteyner tashiydigan kemalarda ham foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqilmoqda. Kemalar aynan shu turdagi muhit bilan oʻralgani uchun yangi turdagi batareyalarning ishlashi uchun eng qulay sharoitni taʼminlaydi.






























Izohlar 0
…