Honor MagicPad 4 plansheti Apple va Samsung raqobatchilarini ortda qoldirdi

Honor MagicPad 4 ekran sifati bo'yicha mustaqil sinovlarda Samsung Galaxy Tab S11 va Apple iPad Air 11″ planshetlarini ortda qoldirib, 4,50 ball to'pladi. Qurilma SDR rejimida 674 kd/m², yorug' kunda esa 768 kd/m² yorqinlikni ko'rsatib, 120 Hz va o'yinlarda 165 Hz chastotani qo'llab-quvvatladi. Ovoz balandligi bo'yicha Honor va Galaxy Tab S11 72 dBA natija qayd etgan, iPad Air esa 5 dB past ko'rsatkichga ega bo'lgan.
Zamonaviy flagman planshetlar bozorida raqobat yanada kuchayib bormoqda. Yaqinda Honor kompaniyasining yangi qurilmasi — Honor MagicPad 4 mustaqil sinovlardan o‘tkazilib, asosiy raqobatchilari sanalgan Apple va Samsung mahsulotlari bilan taqqoslandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com nashrining mustaqil ekspertlar guruhi hamda taniqli rejissyor Anton Maslov ishtirokidagi sinovlar jarayonida ishlab chiqaruvchining ta’siridan qat’iy nazar xolis natijalar olindi. Mutaxassislar qurilmalarning ekrani va ovoz imkoniyatlarini chuqur laborator testlardan o‘tkazishdi.
Ekran imkoniyatlari va laboratoriya natijalari
ixbt.com ma’lumotiga ko‘ra, Honor MagicPad 4 ekran sifati bo‘yicha uchlikda peshqadam bo‘ldi. Qurilma o‘rtacha 4,50 ball to‘plagan bo‘lsa, uning raqobatchilari Samsung Galaxy Tab S11 (4,12 ball) va Apple iPad Air 11″ (4,08 ball) ortda qoldi.Planshet o‘zining yuqori yorqinligi bilan ajralib turdi: SDR rejimida 674 kd/m² hamda yorug‘ kunda 768 kd/m² natijani ko‘rsatdi. Taqqoslash uchun, ikkala asosiy raqobatchida bu ko‘rsatkich taxminan 480 kd/m² atrofida. Shuningdek, ekran hech qanday darajada miltillamaydi va 120 Hz chastotani, o‘yinlarda esa 165 Hz ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Biroq mutaxassislar kamchiliklarni ham qayd etishdi. Xususan, MagicPad 4 ning aks ettiruvchi xususiyatlari iPad Air’nikiga qaraganda biroz pastroq chiqdi. Standart rejimda ranglar haddan tashqari to‘yingan bo‘lsa-da, «Oddiy» profilga o‘tkazilgach, qamrov sRGB standartiga keladi.
Ovoz sifati va rejissyor bahosi
Ovoz imkoniyatlari bo‘yicha baholar biroz vazminroq. Ovoz balandligi bo‘yicha Honor va Galaxy Tab S11 bir xil 72 dBA natija qayd etgan bo‘lsa, iPad Air 5 dB ga pastroq ovoz chiqardi. Sakkizta dinamikdan iborat Honor Spatial Audio tizimi IMAX Enhanced sertifikatiga ega bo‘lib, tovushlar tabiiy jaranglaydi.«Vampiri sredney polosyi» va «Posledniy bogatir. Kolobok» filmlari rejissyori Anton Maslov o‘zining filmigina ushbu planshetda ko‘rib chiqib, rang-baranglik professional zallardagidek aniq uzatilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ekran rangi ochiq havoda ham o‘z jilosini yo‘qotmaydi.
Qurilmaning texnik xususiyatlariga kelsak, u 12,3 dyuymli OLED displey (3000x1920 piksel), 4,8 mm qalinlik va 450 gramm vaznga ega. Komplektga kiruvchi klaviatura va stilus bilan birgalikda umumiy og‘irlik taxminan 852 grammni tashkil etadi.






























Izohlar 0
…