
Bitcoin kriptovalyutasi kursi 2 sentyabrga o‘tar kechasi ilk bor bir donasi uchun 5000 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Bitkoinning turli birjalardagi qiymatini kuzatib boruvchi CoinDesk sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 7:25 atrofida kriptovalyuta kursi 5000 dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tgan, biroq oradan 10 daqiqa o‘tib, yana pastlay boshlagan.
Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda bitkoin qiymati 4 565 dollargacha tushgan edi.
CoinDeskning qo‘shimcha qilishicha, bir bitkoinning eng yuqori kursi Xitoyning OKCoin birjasida qayd etilgan — u yerda kriptovalyuta qiymati 5 149 dollargacha ko‘tarilgan.
Bitkoin 4000 dollarlik dovonni 13 avgustda, undan bir hafta avval esa 3000 dollarlik ko‘rsatkichni bosib o‘tgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar