date

Apple rahbarining yangi bashorati

Apple rahbarining yangi bashorati

Apple etakchisi, nafaqat, uddaburon menejer, balki bashoratchilik xususiyatini ham so‘nggi paytda namoyon etmoqda. Yaqinda Tim Kuk shaxsiy kompyuterlar davri tugashini karomat qilgan edi, bu safar yana bir muhim vosita kelajagi to‘g‘risida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

Gap savdo-sotiq vositasi – pul ustida ketmoqda. Talabalar bilan uchrashuv chog‘ida Tim Kuk “Naqd pul nimaligini farzandlaringiz bilmaydi”, deya, bu yaqin kelajakda amalga oshishini ta’kidladi.

U elektron pul to‘laligicha naqd pul o‘rnini bosadigan davr etib kelishi haqida so‘zlamoqda. Pul o‘tkazish vositasi bo‘lgan smartfon esa hamyon olib yurishga ehtiyoj qoldirmaydi.

Darhaqiqat, elektron to‘lovlarni amalga oshirish qulaylashib borgani sari naqd pul aylanmasi kamayayotgani kuzatilmoqda. Shunga qaramay, umumiy miqyosda baribir naqd pul ustunligini saqlab turibdi, masalan, Buyuk Britaniyada 50 foizdan, Rossiyaning katta shaharlarida 80 foizdan ortiq to‘lovlar naqd pulda amalga oshiriladi. Elektron pul bank kartalari darajasida ommalashib ulgurmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple rahbarining yangi bashorati