
Foto: “Hi-tech.mail.ru”
“Doktor Veb” kompaniyasi “Google” videoservisida xavfli virus tarqalganini ma’lum qildi. U zararlangan qurilmadagi fayllar va shaxsiy (ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va boshqa onlayn servislardagi) ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi. Virus ayni vaqtda ham tarqalishda davom etmoqda, deb yozadi “Xabar” nashri.
Zararli dastur “Trojan.PWS.Stealer.23012” nomini olgan. Yovuz niyatli kimsalar zararli dastur havolalarini “YouTube”dagi videoroliklar ostidagi izohlarga joylashtirmoqda. Kiberjinoyatchilar virusni turli foydali dasturlar sifatida taqdim etyapti.
Havolalar “Yandeks.Disk” serveriga eltadi. Foydalanuvchi saytdagi havolaga bosishi uchun rolik sahifalariga soxta ijobiy izohlarni qoldirishmoqda. Mazkur havola orqali o‘tishga uringaningizda virus kompyuteringizga o‘zidan-o‘zi ochilib ketuvchi RAR-arxivini yuklab oladi.
Virus kompyuterda “Chrome”, “Yandeks. Brauzer”, “Opera”, “Vivaldi”, “Kometa”, “Orbitum”, “Dragon”, “Amigo”, “Torch” brauzerlaridagi
- “Cookies” fayllarni yig‘a boshlaydi;
- Brauzerlarda saqlab qo‘yilgan login/parollar;
- Ekranning suratini o‘g‘irlaydi.
Shuningdek, u “Windows”ning ishchi stolidan ham nusxa ko‘chiradi. Olingan barcha ma’lumotlar jinoyatchilarning serverlariga yuboriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar