17:43 / 03.07.2018
4 185

Bitkoin 6,6 ming dollarga qimmatladi

Bitkoin 6,6 ming dollarga qimmatladi
Dunyoning eng mashhur kriptovalyutasi bitkoin 5 foizga qimmatladi, deb ma’lum qiladi Darakchi nashri.

“CoinMarketCap” portali ma’lumotlariga ko‘ra kriptovalyutalar bilan savdo qiluvchi “Binance” birjasida bitkoinning qiymati 6,64 ming dollargacha yetgan.

Qayd etilishicha, boshqa kriptovalyutalar qiymati ham oshib bormoqda. Misol uchun “Ethereum” 7,29 (481,96 dollar), XRP 11,66 (0,51 dollar), “Bitcoin Cash” 11,33 (813,11 dollar) foizga qimmatlagan. Ayni vaqtda kriptovalyutalar bozori sarmoyasi 275,52 milliard dollarga yetgan bo‘lib, bunda bitkoinning o‘rtacha ulushi 41,4 foizga to‘g‘ri kelmoqda.

“Fundstrat Global Research” tahlilchisi Tom Li progonoziga ko‘ra, bitkoinning qiymati bundan keyin ham yuqorilashda davom etadi, hatto joriy yil nihoyasiga borib 25 ming dollargacha yetishi mumkin. Boshqa tahlilchilar esa yetarli boshqarilmayotgan kriptovlyutalar bozorining ayni vaziyati yangi investorlarning kelib qo‘shilishiga yo‘l bermaydi, deb hisoblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bitkoin 6,6 ming dollarga qimmatladi