So‘nggi paytlari Microsoft’ning taxlama ekranli allaqanday sirli qurilmasi haqida ko‘p gap-so‘zlar tarqalgandi. Ammo, bu hali qurilma yaqin orada chiqadi, degani emas ekan. Taniqli IT-eksperti Meri Jo Folining ma’lum qilishicha, kompaniya qayta tashkil qilinganidan keyin Andromeda loyihasining kelajagi suroq ostida qoladigan bo‘ldi.
Andromeda taxlangan holatda cho‘ntakka sig‘adigan planshet bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Bu smartfonning o‘rnini bosmasdi, albatta, garchi qurilma mobil tarmoqlarida ham ishlasa-da. Unda platforma sifatida AndromedaOS’ dan foydalanish rejalashtirilgan edi, ya’ni Microsoft Store do‘konidan universal ilovalarni qo‘llab quvvatlaydigan Windows 10’ning modifikatsiyalashtirilgan versiyasi bo‘yicha.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayni paytda Microsoft rahbariyatini bunday qurilma haqiqatan ham bozorga kerakmikan, degan savol qiynayapti. Ko‘pchillik foydalanuvchilarda smartfon ham bor, kompyuter/planshet ham bor, shunday ekan, ular yana bir qimmat qurilmani xarid qilishiga ishonish qiyin. Birgina Windows fidoyilariga ishonib qolish? Yo‘q, kompaniya bunga jazm qiloolmasa kerak.
Xullas, Andromeda 2018 yilda chiqmasligi aniq, hatto kelgusida ham chiqishi noma’lum.
Meri Djo Folining qo‘shimcha qilishicha, Microsoft hali ham Windows 10’da portativ kompyuterini chiqarish g‘oyasidan voz kechgani yo‘q. Shunchaki, Andromeda konsepsiyasining o‘zi o‘zgarishni boshdan kechiradi va smartfon kattaligidagi qurilma yanada kattaroq taxlama PK’ga aylanishi mumkin. U klassik sanalgan Win32-ilovasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Manba: Terabayt “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi