«O‘zbektelekom» internet tezligining 10 barobarga oshishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

1 daqiqa o'qish4.5K
«O‘zbektelekom» internet tezligining 10 barobarga oshishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
«O‘zbektelekom» AK 15 kun ichida O‘zbekistondagi internet tezligi 10 barobarga oshirilishi haqida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan xabarlarga rasmiy izoh berdi.

Izohda aytilishicha, o‘tgan 10 oy mobaynida, «O‘zbektelekom» AKda zarur takomillashish ishlari tizimli tahlil qilindi, kerakli uskunalar sotib olindi, dasturlar ishlab chiqildi va tashqi kanal imkoniyatlarini kengaytirish va provayderlar, operatorlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun internet tarmog‘iga chiqish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

“Joriy yilning boshida O‘zbekiston tashqi internet-kanallariga ulanish faqat ikkita xalqaro bog‘lama orqali amalga oshirilardi. 2018 yil boshiga bog‘lamalar o‘z mahsuldorligining chegarasida, deyarli ishlamay boshlagandi. Shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyaning texnik xizmatlari bosqichma-bosqich modernizatsiya ishlarini o‘tkazmoqda, buning natijasida «O‘zbektelekom» AK shu yilning oxiriga qadar UZTELECOM’dan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste’moli uchun zarur bo‘lgan tezlikni ta’minlay oladi.

Provayderlar va operatorlarning barcha arizalari cheklovlarsiz va to‘la hajmda qondiriladi. UZTELECOM kompaniyasi UZONLINE va UZMOBILE abonentlari uchun yanada jozibador tarif rejalarini joriy etishni rejalashtirmoqda”, deyiladi kompaniya rasmiy izohida.

Avvalroq “O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimi Yunus Kamolov O‘zA muxbiriga bergan javobida shu yilning 1 dekabr sanasidan O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshirilishi haqida ma’lum qilgani xabar qilingandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?