Bir yil davomida ijtimoiy tarmoqlarning 10 000 dan ziyod foydalanuvchilari Beeline tanlovlarida ishtirok etishdi

Beeline ijtimoiy tarmoqlaridagi faoliyat natijalarini sarhisob qilmoqda. 2015 yilning yanvar oyidan dekabr oyiga qadar kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda yigirmaga yaqin tanlovlar o‘tkazdi, va unda korporativ sahifalarining 10 000 dan ziyod foydalanuvchilari ishtirok etishdi.
Tanlovda ishtirok etish uchun Facebook, Odnoklassniki, Twitter va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi Beeline Uzbekistan rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yildan beri Beeline Uzbekistan www.socialbakers.com obro‘li halqaro portali ma’lumotlariga ko‘ra Markaziy Osi`dagi eng yirik Facebook-uyushma, shuningdek O‘zbekistondagi 1 raqamli Twitter-brend hisoblanadi. Shuningdek 2013 yildan beri www.ok.ru ijtimoiy tarmog‘ida ishtirokchilar soni bo‘yicha etakchi mobil operator bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing