
Foto: «Android Authority»
«Xiaomi» kompaniyasi 108 Mp kamerali smartfonini taqdim etdi. «Mi Mix Alpha» — siz uchratgan smartfonlar orasida bunaqasi bo‘lmagani aniq.
#google #android Xiaomi’s Mi Mix Alpha is almost entirely made of screen https://t.co/NpQwA2dAbo
— Sidki kboubi (@SidkiTn) September 24, 2019
Xo‘sh, smartfonning nimasi e’tiborga loyiq?
Birinchidan, — smartfon korpusining 180,6 foizi (!) ekrandan iborat. Faqat tepasi va pastida ozgina joy, ortidagi kamera uchun ajratilgan vertikal liniya ekrandan xoli, xolos.
Ikkinchidan, «Mi Mix Alpha»ning kamerasi boshqacha: ilk marotaba 108 Mp sensorli kamerani «Xiaomi» kompaniyasi «Samsung» bilan birga yaratdi. Qo‘shimcha kameralari ham chakkimas: keng burchakli 20 megapikselli hamda teleob’ektivli 12 megapikselli kamerasi bor.
Uchinchidan, bu «Xiaomi»ning ilk 5G-smartfoni.
«Mi Mix Alpha» yil oxirigacha sotuvga chiqarilishi aytilmoqda. Ammo adadi cheklangan. Narxi: 19 999 yuan — 2 800 AQSh dollari atrofida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar