00:13 / 08.02.2020
3 700

Olimlar ilk marotaba saraton genomi kodlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi

Olimlar ilk marotaba saraton genomi kodlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi
Ilk bor xalqaro olimlar jamoasi saraton kasalligining rivojlanishiga olib keladigan DNK mutatsiyalarining to‘liq katalogini tuzib, 38 turdagi saraton hujayralarining genetik ma’lumotlarini “o‘qiy olishdi” deb yozadi Sof.uz.

Saratonning barcha turlari genomining tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlar (PCAWG) 10 yilda amalga oshirildi. Tadqiqotga 37 mamlakatdan kelgan 1300 dan ortiq genetiklar ishtirok etdi.

Natijalar 6 fevral kuni bir vaqtning o‘zida o‘nlab ilmiy jurnallarda chop etildi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, saratonning sabablarini 100 mingta o‘zgaruvchisi bo‘lgan masalaga qiyoslasa bo‘ladi.

"O‘simtalarning kelib chiqishi va rivojlanishi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar yordamida biz saraton kasalligini erta tashxis qilish uchun yangi usullarni ishlab chiqishimiz, ko‘proq maqsadli va muvaffaqiyatli davolashimiz mumkin", dedi PCAWG boshqaruv qo‘mitasi a’zosi Linkoln Shtayn.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar ilk marotaba saraton genomi kodlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi