08:23 / 03.06.2020
1 602

Navbatdagi yangilanish iPhone va iPad’larda muammolar keltirib chiqardi

Navbatdagi yangilanish iPhone va iPad’larda muammolar keltirib chiqardi
iPhone va iPad egalari navbatdagi yangilanishlardan keyin qurilmalarida muammolar paydo bo‘lganini xabar qildi, deb yozmoqda ZDNet.
Apple qurilmalaridan foydalanuvchilarning aksariyati akkumulator ishlash vaqti keskin kamayib ketganiga e’tibor qaratgan.

"Hattoki batareya hajmi ancha yuqori bo‘lgan iPhone 11 Pro Max foydalanuvchilari ham bundan shikoyat qilmoqda", — deyiladi xabarda.
Ayrim foydalanuvchilar esa qurilmalari qattiq qizib ketayotganidan shikoyat qilgan.

Yana kimlarningdir smartfoni iOS 13.5 versiyagacha yangilanganidan keyin muntazam o‘chib-yonadigan bo‘lib qolgan. iPad va iPad Pro foydalanuvchilari ham ana shunday muammoga duch kelgan.

Foydalanuvchilar shuningdek, App Store ilovalarini yuklab olishda va MP4 shaklidagi videolarni ko‘rishda muammo paydo bo‘lganidan shikoyat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Navbatdagi yangilanish iPhone va iPad’larda muammolar keltirib chiqardi