22:30 / 09.06.2020
2 401

Bloomberg: Bitkoin narxi 2020 yilda 20 ming dollarga ko‘tarilishi mumkin

Bloomberg: Bitkoin narxi 2020 yilda 20 ming dollarga ko‘tarilishi mumkin
Foto: Business Wisdom Summit
2020 yilda bitkoin narxi tarixiy maksimumga, ya’ni 20 ming AQSH dollari miqdorida ko‘tarilishi mumkin, deyiladi Bloomberg hisobotida.
Ushbu o‘sishga qarshilik qilish uchun nimadir o‘zgarishi kerak, deydi tahlilchilar. Inc. nashri ham bunga e’tibor qaratgan.

«2014 yilda bitkoin kursi 60 foizga tushib ketgan, 2016 yil oxirida esa 2013 yildagi maksimumga qaytgan. Ushbu hodisadan 4 yil o‘tgach va 75 foizlik qulashdan keyin 2016 yildagi tendensiya saqlanib qolsa bitkoin narxi rekord darajada, ya’ni 20 ming dollarga ko‘tariladi», — deya taxmin qilgan tahlilchilar.

Shuningdek, ular COVID-19 koronavirus pandemiyasi sabab vujudga kelgan inqiroz davrida bitkoinning aktiv sifatida rivojlanishi kuzatilishini prognoz qilgan.

Kriptovalyuta kursi o‘sishining birinchi sababi fond va neft bozoridagi qulashlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari pandemiya qog‘oz pullardan raqamli muqobilga o‘tishini tezlashtirgan.

Uchinchi sabab butun dunyodagi markaziy banklarning miqdor yumshatishlar siyosati bilan bog‘liq. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu investorlarni valyuta muqobil aktivini izlashga majbur qilgan. Unga oltin hamda bitkoinni kiritish mumkin.

AQSHda afro-amerikalik fuqaroning politsiya tomonidan o‘ldirilishi oqibatida boshlangan norozilik namoyishlari dollar kursiga ta’sir ko‘rsatgan va bitkoin narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.

1 mayda esa bitkoinning narxi bir sutkada 18 foizga oshib, 9200 dollarga yetgani xabar qilingan. 2020 yil fevral oyida bitkoin qiymati uch oydan beri ilk bor 10 ming dollardan oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bloomberg: Bitkoin narxi 2020 yilda 20 ming dollarga ko‘tarilishi mumkin