19:55 / 29.06.2020
2 557

Koronavirusga qarshi kurashuvchi robot-dezinfektor yaratildi (video)

Koronavirusga qarshi kurashuvchi robot-dezinfektor yaratildi (video)
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari har qanday bino ichini avtomatik rejimda dezinfeksiya qiluvchi ultrabinafsha lampalarga ega robotni yaratdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Robot ishlash prinsipi jihatidan zamonaviy avtomatik pilesoslarga o‘xshaydi — uning o‘zi optimal marshrutni tanlab, binodagi barcha hududni aylanib chiqadi. Bu ulkan ombor, zavod, shifoxona, maktab boshqa istalgan bino bo‘lishi mumkin.

Mikroblar, bakteriya va viruslarni yo‘q qilish uchun 360 daraja bo‘ylab yonuvchi to‘rtta ultrabinafsha lampalar javob beradi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, robot 380 metr kvadratga ega binoni tozalash uchun 30 daqiqa vaqt sarflaydi va turli yuzalardagi koronavirus zarralarining 90 foizini yo‘q qiladi. Tadqiqotchilar qurilmani Katta Boston oziq-ovqat bankida sinab ko‘rgan.

Robot dezinfeksiya ishining samaradorligini oshirish uchun juda sekin harakatlanadi — soatiga 0,5 kilometr tezlikda. Robot-pilesoslar kabi uning avtonomligi cheklangan, shu sababli akkumulatori quvvati tugaganda robot avtomatik ravishda quvvatlantirish stansiyasiga yo‘l oladi. Quvvatlanib bo‘lgach yana ishini davom ettiradi.

Robotni boshqarish uchun biror kishi kerak bo‘lmaydi — uni dezinfeksiyalar davriyligi va marshrutini belgilab qo‘yish kifoya. Qolganini u avtomatik rejimda davom ettiradi.

Bu turdagi robotlar ochiq savdolarga qachon chiqishi hozircha noma’lum. Mazkur nusxa Ava Robotics kompaniyasining tayyor platformasi asosida yaratilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Koronavirusga qarshi kurashuvchi robot-dezinfektor yaratildi (video)