Foto: CARakoom
Krasnodarda noodatiy narsalarni yaratishni yaxshi ko‘ruvchi insonlar yashaydi. CARakoom nashri bu safar ushbu shaharda «Formula-1» uchun yaratilgan noodatiy bolid surati bilan bo‘lishdi.
Qo‘lbola mashina bekorga bu qadar noodatiy ko‘rinishga ega emas. Gap shundaki, u «Zaporojes» avtomobilining uzatmalari va agregatlari asosida yaratilgan.
Avtomobil Ferrari poyga mashinasi ko‘rinishida, biroq uning korpusini original bolid bilan bog‘liqligi yo‘q. Hatto proporsiyalar borasida ham: uni xuddi ikki tomondan siqib qo‘yishgandek. Shu bilan birga, uning tumshuq qismi oldinga cho‘zilgan bo‘lib, unda kichik yukxona, old spoyler, orqa antiqanot va yagona haydovchi o‘rindig‘i orqasida havo panjarasi joylashgan.
Foto: CARakoom
Bolidda «Zaporojes»ning ko‘p narsasi yo‘q — haydovchi qarshisidan tanish qurilmalar va 42 ot kuchiga ega original motor o‘rin olgan. Mashina nusxasi 2008 yilda yaratilgan bo‘lib, hozirda 950 ming rublga (12,3 ming dollar) sotilmoqda.
Foto: CARakoom “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi